Ispaniya La ligasining 28-turi “Barselona”ning g‘alabasi bilan o‘z yakuniga yetdi.
Luis Enrike murabbiyligidagi klub o‘z maydonida “Valensiya”ni qabul qilib, 4:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvni boshqarib borgan Alexandro Ernandes 44-daqiqada gol muallifi Elyakim Mangalyaga qizil kartochka ko‘rsatdi, shuningdek, valensiyaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi.
Bir kishi ko‘proq harakat qilgan “Barselona” ikkinchi bo‘limda raqibiga imkoniyat qoldirmadi va 2 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Tomonlarning “Mestalya”da o‘tgan o‘yinida “Barsa” 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
3-o‘rin uchun kurash olib borayotgan “Sevilya” va “Atletiko” klublari Madridda to‘qnash keldi. Bellashuvda Diyego Simeone jamoasi 3:1 hisobida zafar quchib, raqobatchisiga anchagina yaqinlashib oldi. Endi ularni bor-yo‘g‘i 2 ochko ajratib turibdi.
Ispaniya La ligasi 28-tur 19-mart, yakshanba
Izoh (0)