Britaniyalik xonanda Jorj Mayklning dafn marosimi keyingi hafta Londonning Xaygeyt mozorida ijodkorning onasi qabri oldida o‘tkaziladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dafn marosimi juda kam odam ishtirok etadigan shaxsiy marosim sifatida o‘tkaziladi. Qo‘shiqchi bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tadigan ibodatxonada faqat 30 kishi uchun joy bor, shu bois, u yerda xonandaning oila a’zolaridan tashqari, yana bir necha kishi bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, marosim tafsilotlari, xususan, uning aniq vaqti sir saqlanmoqda. Marosimga tashrif buyuruvchilarga dafn marosimi bilan bog‘liq ma’lumotlar bir necha soat oldingina beriladi. Ushbu harakatlar xonandaning juda ko‘p sonli muxlislari kelishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Dafn marosimi bilan bog‘liq ma’lumotlar hozircha aniq emas. Faqatgina Injildan parchalar xonandaning dugonasi, Spice Girls guruhining sobiq a’zosi Jerri Xolliuell tomonidan o‘qilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Jorj Maykl 2016-yil 25-dekabr kuni, 53 yoshida olamdan o‘tdi.
Izoh (0)