Olmaotada ikki kunlik chaqalog‘ini 2 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Olmaota ichki ishlar departamenti uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi xodimlari bu haqdagi ma’lumotga ega bo‘lgach, ayolni kuzatuv ostiga oldi.
U farzandini dunyoga keltirgach, ertasiga kvartirasiga “xaridor”ni chaqirib, 2 ming dollar evaziga chaqaloqni pullayotganida qo‘lga olindi.
Izoh (0)