Liviya hukumat armiyasi 14-mart, seshanba kuni neft konlarini qaytarish bo‘yicha boshlangan operatsiya davomida Liviyaning Ras-Lanuf shahri aeroportidan jangarilarni quvib chiqardi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Mart oyi boshida “Bengazi mudofaa brigadasi” Es-Sidr va Ras-Lanuf portlariga hujum qilib, u yerdan Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Xaftar boshchiligidagi kuchlarni surib chiqargan edi. Shundan so‘ng ular neft obyektlarini Tripolidagi Liviya rasmiylariga topshirdi. Liviya rasmiylari, o‘z navbatida, hujumga aloqasini rad etdi.
14-mart, seshanba kuni Liviya parlamenti spikeri Oqil Solih Isa Liviya milliy armiyasi yaqin vaqt ichida jangarilar tomonidan egallab olingan neft konlari va portlarni qaytarishini ma’lum qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)