Paragvay va Argentina chegarasida joylashgan Pilkomayo daryosi deyarli butunlay qurib qolishi oqibatida u o‘lim hukm surayotgan hududga aylanib qoldi. Gran-Chako pasttekisligida kuzatilgan 20 yil ichidagi eng kuchli qurg‘oqchilik buning asosiy sababi bo‘ldi. Vodiyda istiqomat qiluvchi jonivorlar suvsizlikdan nobud bo‘lmoqda. Sobiq Pilkomayo daryosi o‘zani jonivorlarning qoldiqlariga to‘lib bormoqda. Voqea joyida tushirilgan ayanchli fotosuratlarni TravelAsk keltirdi.
Paragvay kaymani istiqomat qiladigan mamlakatlar qatorida Argentina, Boliviya, Braziliya va Paragvay bor. Bu sudraluvchilar juda qo‘rqoq bo‘lib, yirik jonivorlarga bas kela olmaydi, shu bois suv manbalarini kapibarlar bilan bo‘lishishga majbur. Biroq suv manbai vazifasini bajargan daryoning yo‘qolishi har ikkala tur uchun ham og‘ir zarba bo‘ldi.
Atrofdagi chorva xo‘jaliklarida saqlanuvchi jonivorlar ham qurg‘oqchilik qurbonlariga aylanmoqda.
Ma’lumki, alligatorlar suv yetarli daryo qismlarini topish yoxud quyoshdan o‘rmonlarga yashirinish uchun uzun masofalarni bosib o‘tishga qodir. Ammo hatto ular ham ayovsiz quyosh taftidan va suvsizlikdan omon qolmadi.
Ba’zi bir alligatorlarninggina omadi keldi — ko‘ngillilar ularni suv bor yerlarga ko‘chirdi.
Shunga qaramay, alligatorlarning ko‘pchiligi nobud bo‘ldi.
Kaymanlar qabristoni.
Izoh (0)