Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatda terrorchilarni mag‘lub etmasdan turib, Suriya siyosiy kelajagi haqidagi muzokaralarni “ortiqcha” deb hisoblashini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Men Suriya haqidagi o‘z hissiyotlarim emas, suriyaliklar mamlakatimiz uchun nimani tasavvur qilayotganligi haqida gapirmoqchiman. Muzokaralar kerak, biroq bu haqda gapirishga hali erta. Suriya xalqi uchun terrorizmga qarshi kurashish ustuvor vazifadir. Bir necha daqiqadan so‘ng o‘ldirilishing mumkin bo‘lgan vaziyatda siyosat haqida gapirish ortiqcha bo‘lsa kerak.Asad, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashish mamlakatning turli tumanlaridagi yarashuv jarayoni bilan birga kechishi lozimligini qo‘shimcha qildi. Asadning so‘zlariga qaraganda, urush har qanday davlatning yaxshiroq bo‘lishi uchun dars bo‘la oladi.Bashar Asad, Suriya prezidenti
Izoh (0)