Ispaniya La ligasining 27-turida yana bir sensatsion natija qayd etildi. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Sevilya” o‘z maydonida debyutant klubni mag‘lub eta olmagan bo‘lsa, ketidan “Barselona” La Korunyada mag‘lub bo‘ldi.
Ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan “Deportivo” Chempionlar ligasida fantastik yurishni amalga oshirgan klubga yaxshigina qarshilik ko‘rsatdi va 2:1 hisobida zafar quchdi. To‘p nazoratini inobatga olmaganda, mezbonlar hech bir jabhada “Barselona”dan ortda bo‘lmadi.
Bu mag‘lubiyat “Real”ning imkoniyatlarini oshirib yubordi. Bugun tunda “Qirollik klubi” o‘z maydonida “Betis”ni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, “Deportivo”ni yangi bosh murabbiy Pepe Mel qabul qilib olgandi. Shundan keyin jamoa 4 ta uchrashuv o‘tkazib, shularning 2 tasida zafar quchdi va 2 tasida durang o‘ynadi. Hozircha mag‘lub bo‘lib ulgurmadi.
Ispaniya La ligasi 27-tur 12-mart, yakshanba
Izoh (0)