Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga noqonuniy kirib kelayotgan muhojirlar yo‘llarini to‘sishni talab qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Vladimir Putin Rossiya mamlakat qonunlariga rioya qilgan holda yashash va ishlashni istaydiganlarni qabul qilishini qayd etdi.
“Biz Rossiyada yashashni va ishlashni xohlaydiganlar uchun madaniyatli shaffof muhit yaratmoqdamiz”, — deya Putin buning uchun muhojirlardan Rossiya qonunlariga rioya qilish, mamlakat madaniyati va an’analarini hurmat qilish talab qilinishini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy migratsiya yo‘llari, ushbu sohadagi qonunchilikning buzilishi bilan bog‘liq har qanday holatning oldi olinishi zarur.
Izoh (0)