O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov harakat qiladigan “Shanxay SIPG” klubi Xitoy chempionatining 2-turida ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Shanxayda “Yanbian Funde” klubini qabul qilgan Villash-Boash shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdagi har ikki gol xitoylik futbolchilar tomonidan urildi. Ularning birinchisiga pasni braziliyalik Xalk oshirib berdi.
1-turda portugaliyalik mutaxassis Odil Ahmedovni qaydnomaga kiritmagan bo‘lsa, bu safar u legionerlar limiti talablaridan kelib chiqib, Elkesenga dam berishga qaror qildi. Ahmedov esa uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.
Qiziq tomoni, Elkesen dastlabki turda xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgandi. Shunga qaramay, u ikkinchi turda qaydnomadan joy olmadi.
Ma’lumot uchun, “Shanxay SIPG” mavsum boshidan buyon xalqaro va ichki miqyosda jami 5 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchdi va raqiblar darvozasiga 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Xitoy Super ligasi 2-tur 10-mart, juma
“Shanxay SIPG” — “Yanbian Funde” 2:0
Gollar: Vendzun Luye, 42 (1:0). Lu Vu, 57 (2:0).O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachilari to‘p suradigan Xitoy klublari 2-turni 11—12-mart kunlari o‘tkazadi. Shanba kuni “Beydzing Guoan” safarda to‘p sursa, yakshanba kuni “Chanchun Yatay” klubi saf tortadi.
Izoh (0)