Fransiyada politsiyaning asossiz shafqatsizligiga qarshi qora tanli yoshlarning noroziliklari davom etmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bir necha o‘nlab yigitlar Parijning Sen-Deni shahrida joylashgan “Syujer” litseyi hududiga bostirib kirdi va yo‘lida uchragan barcha narsalarni vayron qila boshladi.
O‘quv muassasasi rahbariyati o‘qituvchilar va litsey xodimlarini evakuatsiya qildi. Shundan so‘ng 80—100 kishidan iborat norozilar to‘dasi Parij markaziga qarab harakatlana boshladi. Biroq ular politsiyachilarga to‘qnash keldi. Oqibatda IIV xodimlari isyonchilar to‘dasini tarqatib yuborishga erishdi.
Hodisa oqibatida litsey mol-mulkiga jiddiy zarar yetgan.
Europe1 radiostansiyasining ma’lum qilishicha, yoshlar aksiyasi ijtimoiy tarmoqlar yordamida tashkil etilgan. Tartibsizliklar bartaraf etilishi bilan politsiya 46 kishini qo‘lga oldi.
Izoh (0)