AQSh Kongressining vakillar palatasi yangi moliyaviy yilda harbiy xarajatlar uchun ajratiladigan mablag‘lar haqidagi qonunda Ukrainani 2017-yilning 1-oktabriga qadar harbiy qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million dollar ajratishni ma’qulladi. Bu haqda Oliy Rada vakili Irina Friz Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hujjat uchun Kongress quyi palatasining 371 nafar vakili ma’qullab ovoz bergan bo‘lsa, parlamentariylarning 48 nafari qarshi ovoz berdi.
“Hujjatda ta’kidlanishicha, mablag‘ Ukrainaga harbiy ko‘mak, jumladan, mudofaa qurol-aslahalari bilan ta’minlash, logistik qo‘llab-quvvatlash, Ukraina armiyasi razvedkasi va milliy xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash, Ukraina qurolli kuchlari shaxsiy tarkibini o‘qitish kabilar uchun Pentagonga taqdim etiladi”, — deya aniqlik kiritdi Friz.
Izoh (0)