Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra, Navro‘z bayramini nishonlash bo‘yicha shahar ishchi guruhi tuzildi va tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 21-mart kuni shaharning 20 dan ziyod maydon va istirohat bog‘larida sayillar tashkil etiladi. Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tadigan maydonlar, sayilgohlar, istirohat bog‘larida milliy va bahor taomlari savdosi yo‘lga qo‘yiladi.
Maxsus tayyorlangan sahnalarda qadimiy urf-odatlarga xos bo‘lgan dorbozlar, qiziqchilar, xalq teatri vakillari, askiyachilar, badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, sirk artistlari, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlarining chiqishlari hamda ommaviy sport o‘yinlari (polvonlar musoboqasi, arqon tortish va hokazo) tashkil etiladi.
Toshkentda Navro‘z bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati
- Shayxontohur tumanida joylashgan “Lokomotiv – Anhor” madaniyat va istirohat bog‘i yonidagi maydon;
- Bektemir tumanida joylashgan “Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bog‘i hududi;
- Bektemir tumanidagi Binokor shaharchasi;
- Mirobod tumanida joylashgan “Furqat” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
- “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyi;
- “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
- M. Shastri maydoni yonidagi hudud (sobiq Hayvonot bog‘i);
- “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i;
- Akademiklar shaharchasidagi Mirzo Ulug‘bek haykali orqasidagi maydon;
- Sergeli tumanida joylashgan Green Park madaniyat va istirohat bog‘i;
- Sergeli tumani hokimligi yonidagi “Kamolot” bog‘i hududi;
- Uchtepa tumanida joylashgan “Bog‘i shamol” madaniyat va istirohat bog‘i;
- Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
- Olmazor tumanida joylashgan “Nurafshon” madaniyat va istirohat bog‘i;
- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘i;
- G‘afur G‘ulom nomidagi madniyat va istirohat bog‘i;
- O‘zbek Davlat sirki oldi maydoni;
- Shayxontohur tumani “Ibn Sino” mavzesida yangi tashkil etilgan bog‘ hududi;
- Yunusobod tumanidagi Saylgoh maydoni;
- Toshkent Hayvonot bog‘i oldi maydoni;
- Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
- Pushkin bog‘i hududi Baynalmilal madaniyat markazi binosi oldi;
- Mudofaa vazirligi Ma’naviyat ma’rifat markazi (sobiq “Aviasozlar” madaniyat saroyi) maydoni.
Izoh (0)