BMT sanksiyalari ro‘yxatidagi KXDR quroli tashkilotning tinchliksevar kuchlari tomonidan Afrikada topildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
BMT ichki hisobotida qayd etilishicha, Shimoliy Koreya rahbariyati harbiylar uchun mashg‘ulotlar tashkil etib va qurol-yarog‘ yetkazib, o‘rnatilgan sanksiyalar ta’siridan qochmoqda.
Xususan, hisobotda yaqinda Misr tomon suzayotgan kemaga berkitilgan 30 mingta granata topib, ushlangani ma’lum qilingan.
Shuningdek, KXDR harbiylarini Angola va Ugandada ham ko‘rishgan.
Mutaxassislar fikricha, Afrikada shunga o‘xshash ishlarni olib borish KXDRning Xitoyga tobeligini kamaytirishga xizmat qiladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)