Arxitektor Rikardo Bofill 1973-yili Barselona shahri yaqinida tashlandiq sement zavodini topgan. O‘sha vaqtda u La fabrica nomli loyihasini boshlagan. Loyihaga asosan, u eski zavodni zamonaviy uyga aylantirdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Zavod Birinchi jahon urushi davrida ham ishlagan, shundan so‘ng uzoq vaqt davomida vayronaga aylangan. Bofill va uning jamoasi ta’mirlash ishlariga bir necha yil sarfladi. Zavodning ma’lum bir qismi buzib tashlandi.
Uyni jihozlashda o‘smliklarga alohida ahamiyat berildi — evkalipt, palma va zaytun daraxtining xima-xil turlari o‘tqazildi.
Eski zavodning biror joyi boshqasiga o‘xshamaydi.
La fabrica loyihasining boshlanganiga qirq yildan ko‘proq bo‘lganiga qaramasdan, u hali ham davom etmoqda. Arxitektor g‘aroyib uyini takomillashtirishda davom etmoqda.
Men xuddi tashqi dunyodan va har kunlik hayotdan himoya qilingan yopiq dunyoda yashayotgandekman.Rikardo Bofill, arxitektor
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)