22-fevral, chorshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida 2017—2019-yillar uchun imzolangan Bosh kelishuvda qo‘shimcha kafolatlar tavsiya etildi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi yoz mavsumida bolalarning bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olish va sog‘lomlashtirilishini tashkil etishga, ularda “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini, shuningdek, respublikaning ekologiya jihatdan noqulay mintaqalarida istiqomat qiluvchi bolalarni sog‘lomlashtirilishiga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirib boradi.
Bosh kelishuvda, shuningdek, jamoa shartnomalariga ayollar va yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlarni, shu jumladan:
- homiladorlik va tug‘ish ta’tillari kunini uzaytirish;
- bolali ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish va qisqartirilgan ish vaqtini o‘rnatish;
- kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilariga mehnat munosabatlari sohasida qo‘shimcha imtiyozlar o‘rnatish;
- uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish, uy-joy qurilishi, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tashga haq to‘lash uchun yosh xodimlarga foizsiz ssudalar berish imtiyozlarini kiritish tavsiya etildi.
Izoh (0)