Amerikalik aktrisa Anjelina Jolining 15 yoshli o‘g‘li Meddoks Joli-Pitt onasi suratga olayotgan filmga prodyuserlik qilmoqda. Bu haqda Metro nashri ma’lum qildi.
Jolining ma’lum qilishicha, aynan Meddoks uni ushbu loyiha bilan shug‘ullanishga ko‘ndirgan. Bir yil avval u aktrisaga amerikalik yozuvchi Lun Unning “Ular avval otamni qatl etishdi: Kambodja qizining xotiralari” kitobini ko‘rsatgan. Kitob “qizil kxmerlar” boshqaruvi davri haqida hikoya qiladi.
U ssenariyni o‘qidi, mulohazalari bilan yordam berdi, shuningdek, ishchi yig‘ilishlarda qatnashdi.Meddoks 2001-yilda Kambodjada dunyoga kelgan. Yetti oydan so‘ng Anjelina Joli uni farzandlikka olgan va AQShga olib kelgan. Keyinchalik ular bir necha marta Kambodjaga tashrif buyurgan.Anjelina Joli, Gollivud aktrisasi
1975-yilda “qizil kxmerlar” kommunistik harakati Kambodja hukumatini egallab olgan. Keyingi to‘rt yil ichida ular olib borgan qatag‘on tufayli mamlakat aholisining uchdan bir qismi halok bo‘lgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)