Rossiyaning Tula viloyati fuqarosi xotini va uning to‘rt tanishi maishat qilayotgan vaqtda uyga o‘t qo‘ydi. Uy ichida bo‘lganlardan faqat bir kishi tirik qoldi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi saytida ma’lum qilindi.
Hodisa 25-fevralga o‘tar kechasi, Bogoroditsk shahridagi shaxsiy uyda sodir bo‘ldi. Besh nafar mahalliy fuqaro – uyning 30 yoshli egasi, uning tanishlari bo‘lgan 32 va 36 yoshli ikki erkak hamda 33 va 39 yoshli ikki ayol spirtli ichimliklar iste’mol qilayotgandi.
Taxminan 3:00 da gumonlanuvchi ko‘rsatilgan uyga keldi. U uy egasi va xotini o‘rtasidagi munosabatlardan rashki keldi va ayvonni yoqib yubordi.Kuyish jarohatini olgan uy egasi ko‘chaga chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi.Rossiya tergov qo‘mitasining Tula viloyati bo‘yicha boshqarmasi
Uy ichida qolgan 4 kishi voqea joyida is gazidan zaharlanish tufayli halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.Bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan “Xavfli usul bilan ikki va undan ortiq kishini o‘ldirish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Gumonlanuvchi — 35 yoshli erkak qo‘lga olindi.Rossiya tergov qo‘mitasining Tula viloyati bo‘yicha boshqarmasi
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)