2017-yil 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 2017—2019-yillar uchun Bosh kelishuv imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar mehnatga haq to‘lash, aholining real daromadlari va turmush darajasini ko‘tarish masalalarida ilk bor yalpi ichki mahsulot tarkibida mehnat haqi ulushini 30 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda saqlab turish, eng kam ish haqi miqdorini belgilash bo‘yicha uch tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish xususida kelishib oldi.
Mehnatga haq to‘lashni tartibga solishda va ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashda jamoa kelishuvlari va shartnomalarining rolini oshirishga, ish haqidan qonunchilikda ko‘zda tutilmagan ushlab qolishlarga yo‘l qo‘yilmasligiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadga muvofiq deb qabul qilindi.
Taraflar eng kam mehnat haqi standartlariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, mehnatga haq to‘lash fondining tarif qismi va tarifga qo‘shimcha qismi o‘rtasidagi maqbul nisbatni davlat tomonidan va jamoa shartnomalari vositasida o‘rnatilishini ta’minlash zarurligini tan oldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)