Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida hukumat kuchlarining operatsiyasi davomida bir sutkada kamida 18 jangari yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hukumat samolyotlari “Tolibon” jangarilar harakatining Dasht-e-Archi tumanidagi pana joylariga bir qancha zarbalar yo‘lladi. Juma kuni boshlangan aviazarbalar natijasida 18 nafargacha jangari yo‘q qilindi, yana 5 nafari jarohat oldi.Xabarda qayd etilishicha, “Tolibon” harakati jangarilari bo‘lib o‘tgan operatsiya yuzasidan hech qanday izoh bermagan.G‘ulom Hazrat Karimiy, Afg‘oniston Mudofaa vazirligi rasmiy vakili
Ekspertlarning qayd etishicha, so‘nggi paytlarda ekstremistlar Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlari – Luvgar, Nangarhar, Hilmandda, shuningdek, shimoliy viloyatlari – Qunduz, Juzjon va Parvanada o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Dala qo‘mondonlari va “Tolibon” harakati jangarilari esa IShID terrorchilik guruhiga sodiqlikka tez-tez qasamyod qilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)