24-fevral kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining axborot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.
Deputatlar “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunga kreditorlar va qarzdorlarning sud orqali himoya qilinishga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Bundan buyon bankrotlik to‘g‘risidagi ishda kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sudning apellyatsiya instansiyasi chiqargan qarorlar qayta ko‘rib chiqilishi lozim, ya’ni yuqori turuvchi instansiyalarga sudlarning qarori ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Majlis davomida deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)