O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida 25-fevral kuni O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Davlat madhiyasining muallifi hisoblangan qahramon shoir — Abdulla Oripovning haykali Qarshi shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida bunyod etiladi.
Shavkat Mirziyoyev haykal loyihasini takomillashtirish, bu yerda Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)