Turkiyalik yozuvchi, adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi O‘rhan Pamuk XX asr boshiga bag‘ishlangan tarixiy roman ustida ishlamoqda. O‘rhan Pamuk bu unga kundalik siyosiy kun tartibidan chalg‘ishga yordam berishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Men voqealari 1900-yillarda O‘rtayer dengizidagi o‘ylab topilgan orolda sodir bo‘ladigan kitob yozyapman. U Usmonli saltanatining bir viloyati bo‘ladi. Bu tarixiy roman bo‘lgani bois, men u davr haqida ko‘plab adabiyotlar o‘qiyapman. O‘sha adabiyotlar ichiga kirib ketganimdan juda xursandman, chunki Istanbul tashqarisidagi hayot, har kunlik siyosiy kun tartibi meni charchatadi”, — dedi Pamuk.
Pamuk “Sukunat uyi”, “Mening ismim Qirmizi”, “Qora kitob”, “Qor” romanlari va boshqa mashhur nasriy asarlar muallifidir.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)