Yaponiyalik multiplikator Xayao Miyazaki to‘liq metrajli yangi animatsion film ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Ghibli studiyasi prodyuseri Tosio Suzuki ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“U ayni damda Tokioda ish olib bormoqda”, — dedi prodyuser. Uning so‘zlariga ko‘ra, Miyazaki prodyuserga yangi ish bo‘yicha qoralamalarini ko‘rsatgan.
Avvalroq Miyazaki katta animatsiya olamiga qaytishiga ishora bergani xabar qilingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!