Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vladimir Putin 27—28-fevral kunlari Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Review.uz”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Tashriflar Rossiya va mazkur davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lganligi bilan bog‘liq ekanligi bildirilmoqda. 

27-fevral kuni Olmaotada Putinning Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Shu kunning o‘zida Rossiya rahbari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘ladi. 

28-fevral kuni Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev taklifiga ko‘ra rasmiy tashrif bilan Bishkekka keladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor bolaga murojaat qilinganidan qat’i nazar nafaqa tayinlanadi
Mahalliy
O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Mahalliy
Amudaryoda yangi qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi