Britaniyalik yozuvchi Joan Roulingga qochoqlarni uyiga joylashtirishini taklif qilishdi. Mazkur masalaga oid tegishli petitsiya “Change.org” saytida e’lon qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ayni damda petitsiya jami kerak bo‘lgan 50 ming ovozdan qariyb 40 mingtasini to‘plashga ulgurdi. Mazkur g‘oya muallifining ta’kidlashicha, Garri Potter haqidagi kitoblar muallifi Rouling tez-tez Yaqin Sharq qochoqlariga hamdard ekanligini aytib, chegaralarni ochish tarafdori ekanligini takrorlaydi. Boshqa multimillioner va milliarderlar ham shunday yo‘l tutadi.
Petitsiyada Rouling uchun asl hamdardlik qanday bo‘lishini ko‘rsatish vaqti kelganligi qayd etilgan. Murojaat muallifining so‘zlariga ko‘ra, yozuvchining dang‘illama hovlisida 18 ta bo‘sh yotoqxona bo‘lib, Rouling ularni 18 nafar qochoqqa uzoq muddatli asosda berishi mumkin.
Shuningdek, petitsiyada Rouling o‘z uy-joylari hududida qochoqlar uchun boshpana ochishi mumkinligi ham aytilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)