Osiyo Chempionlar ligasi turnirida ishtirok etayotgan Xitoyning uch klubi 1-turda g‘alaba qozonishning uddasidan chiqa oldi.
Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” Janubiy Koreyada “Seul” futbol klubini Xalkning yagona goli evaziga mag‘lub etgan bo‘lsa, “Jiangsu Sunin” Koreyaning boshqa bir jamoasi “Jeju Yunayted” ustidan safarda shunday hisobda ustun keldi. Uchrashuvdagi yagona gol 90-daqiqada legioner Ramires Santos tomonidan urildi.
“Jeju Yunayted” klubi aslida Chempionlar ligasida ishtirok etishi kerak emasdi. Biroq OFK “Chonbuk Motors” futbol klubini turnirdan chetlatgach, “Jeju Yunayted” uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.
Luis Felipe Skolari boshchilik qilayotgan “Guanjou Evergrand” klubi Chempionlar ligasi 1-turidagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ayol kishi murabbiylik qiladigan Gonkongning “Istern” klubini qabul qilgan gunjoulik futbolchilar 7:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Gollarning 3 tasi jamoaning legioner futbolchilari tomonidan kiritildi.
Osiyo Chempionlar ligasi 1-tur 21—22-fevral
Izoh (0)