Eronning diniy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil fuqarolari jahon tarixining “iflos bob”idagi “soxta xalq” ekanligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tehronda 1990-yildan beri har to‘rt yilda Falastinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman joyida Falastin bayrog‘i bilan bo‘yalgan Isroil va Falastin hududlarining katta kartasi osib qo‘yildi.
Eronning diniy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy mazkur yig‘ilishda ishtirok etib, 33 daqiqa nutq so‘zladi.
U Isroil yahudiylarni dunyoning boshqa qismlaridan Yaqin Sharqqa to‘planishi natijasida yaratilgan davlat ekanligini qayd etdi. Diniy yetakchining so‘zlariga ko‘ra, yahudiylar falastinliklarning yerini egallash va ushbu zaminning asl mohiyatini o‘zgartirish maqsadida ko‘chib kelgan.
Ali Xomanaiy Isroilning yaratilishi “Xudo marhamati bilan yopiladigan tarixning iflos boblaridan biri” ekanligini ta’kidladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)