“Bunyodkor” Chempionlar ligasining guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi. Shunga qaramay bosh murabbiy Sergey Lushchan o‘z shogirdlariga ishonishda davom etadi.
Ikki jamoa ham ochiq futbol o‘ynadi. Chunki ularning o‘yin uslublari o‘xshash edi.G‘alaba qozonishimiz mumkin bo‘lgan bahsda mag‘lub bo‘ldik. O‘yin statistikasiga qarang, ustunlik biz tomonda. Afsuski, himoyadagi ikkita xatodan raqib unumli foydalandi. Biz esa o‘zimiz yaratgan 8 ta vaziyatdan bittasini ham golga aylantira olmadik.
Tarkibda yosh futbolchilar ko‘p, ba’zilari 20 yoshga ham to‘lmagan. Jamoa a’zolarining 70 foizi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar.
Men g‘alabada ham, mag‘lubiyatda ham bu yigitlarga ishonishda davom etaman. Bu bor-yo‘g‘i birinchi o‘yin. Oldinda yana o‘yinlar bor. Hayot davom etadi. Xalqaro o‘yinlarda futbolchilar yanada toblanadi. Bundan faqat o‘zbek futboli yutadi.
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Chempionlar ligasining 1-turini O‘zbekiston klublari mag‘lubiyat bilan boshladi. “Bunyodkor”dan tashqari “Lokomotiv” Saudiyada “At-Taavun”ga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” esa Janubiy Koreyada “Seul”dan ustun keldi — 1:0.
Izoh (0)