O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 22-fevral kuni Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining (XQXQ) Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi yangi rahbari Jan-Jerom Kasabyankani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jan-Jerom Kasabyanka Abdulaziz Komilovga XQXQ prezidenti Peter Maurer imzolagan tayinlov to‘g‘risidagi maktubni topshirgan.
Suhbat davomida 2017-yilda 25 yil to‘ladigan O‘zbekiston va XQXQ o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv chog‘ida o‘zaro kelishilgan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)