Saudiyaning “At-Taavun” klubini ruminiyalik Konstantin Gilke boshqarib boradi. Jamoasining Chempionlar ligasida tasodifan ishtirok etayotganini aytishdan uyalmagan murabbiy har ehtimolga qarshi “temiryo‘lchilar” haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
O‘zbekistonda mavsum hali boshlanmaganini bilamiz. Bir narsa deyishim qiyin, chunki ba’zi jamoalar birinchi rasmiy o‘yindayoq ijobiy natija ko‘rsata oladi.“Lokomotiv”da jurnalistlar savoliga odatdagidek Andrey Miklyayev javob qaytardi. Uning fikrlarida aytishga arzigulik birgina jihat bo‘lib, mutaxassis “At-Taavun”ning so‘nggi ikki uchrashuvini “Lokomotiv” o‘rganib chiqqaniga oydinlik kiritdi. Qolganiga esa navbatchi gaplardan nariga o‘tmadi.“Lokomotiv”da hamma narsa bor: kuch, tezlik va raqibga nisbatan bosim. Ochig‘i, bu jamoani hurmat qilishimiz lozim.
Ertangi bahs biz uchun muhim. Tarixda ilk bor Chempionlar ligasi o‘yinini o‘tkazamiz. Futbolchilarimiz uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqda. Biz yangi tarix yaratishga harakat qilamiz. Menda ertangi o‘yinga oid bir qator rejalar bor. Uni “A” plandan boshlaymiz. O‘xshamasa “B”, “C” rejalarga o‘tamiz.
Konstantin Gilke, “At-Taavun” bosh murabbiyi
Jamoa a’zosi Oleg Zoteyev esa bu borada ustoziga o‘rnak bo‘ldi. U dadil fikr bildirib, ertangi uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilarni yaxshiroq kuzatishga chorladi. Boisi saudiyalik jurnalistlardan biri o‘z futbolchilarini tezkor va texnikasi zo‘r deb atab, o‘zbekistonlik futbolchilarda asosan jismoniy jihat ustunroq ekani borasida fikr bildirgandi.
O‘zbekistonda ham texnik tomonlama mahoratli futbolchilar ko‘p. Xususan bizning jamoada ham bundaylar yetarlicha. Ishonmasangiz, ertaga o‘yinimizni ko‘ring, bunga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz!Oleg Zoteyev, “Lokomotiv” a’zosi
Izoh (0)