Bugun — 18-fevral kuni Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi 15 yoshni qarshi oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun sevimli jamoamiz ‘Lokomotiv’ 15 yoshda! Ushbu kichik yubiley yoshi bilan barcha muxlislarimizni tabriklaymiz!”, deb “temiryo‘lchilar”ning Twitter’dagi sahifasi ma’lumot qoldirgan.
O‘tgan vaqt ichida “Lokomotiv” bir marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi va ikki bor O‘zbekiston kubogida zafar quchdi. Shuningdek, bir marta Superkubokda tengsiz bo‘ldi. “Temiryo‘lchilar” bir bor chempionatning bronza medallari bilan taqdirlangan, uch bor kumush medalga ega chiqqan. Jamoaning Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi chorak final bosqichi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining 2017-yilgi mavsumida “Lokomotiv” Amirliklarning “Al-Ahli”, Saudiyaning “At-Tavun” hamda Eronning “Istiqlol” klublari bilan bir guruhdan joy olgan.
Izoh (0)