Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fox News telekanali so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, amerikaliklar OAVlardan ko‘ra AQSh prezidenti Donald Trampga ko‘proq ishonadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Telekanalning ma’lum qilishicha, so‘rovda qatnashganlarning 45 foizi prezidentga ko‘proq ishonadi, ishtirokchilarning 42 foizi ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatladi. So‘rovda qatnashganlarning yana o‘n foizi hech kimga ishonmasligini ma’lum qilgan.

So‘rovnoma, shuningdek, amerikaliklarning 68 foizi OAVlari Trampga nisbatan Barak Obamaga qaraganda ko‘proq tanqidiy munosabat bilan yondashmoqda deb hisoblashini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning 55 foizi prezident shaxsining matbuotda “agressiv” yoritish tarafdori ekanligini ma’lum qilgan.

Tadqiqot, shuningdek, respublikachilarning 81 foizi prezidentni qo‘llab-quvvatlashi, demokratlarning 79 foizi esa aksincha OAVlari tarafdori ekanligini ko‘rsatdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi