Microsoft asoschisi Bill Geyts odamlar o‘rniga ishlayotgan robotlarga soliq joriy qilish taklifini ilgari surdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Bill Geytsning fikricha, soliq bozorning avtomatlashtirilishi darajasini pasaytirish choralaridan biri bo‘lib, belgilangan soliq robotlar mehnatidan foydalanayotgan kompaniyalardan undirilishi lozim.
Ertami-kechmi bunday soliqlar joriy etiladi. Hozirda odamlar ish haqidan ijtimoiy ta’minot va boshqa ehtiyojlar uchun ma’lum miqdordagi pul ushlab qolinadi. Robot odamlarning ishini bajarayotgan ekan, unga nisbatan ham xuddi shunday talablar qo‘llanilishi zarur.Bill Geyts robotlardan olingan soliqlarni pensionerlar va maktab o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga ajratilishi kerakligini qayd etdi. Bu, o‘z navbatida, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va daromadi kam kishilarga yordam berilishiga asos bo‘ladi.Bill Geyts, Microsoft asoschisi
Ma’lumot o‘rnida, Yevropa Ittifoqida ishdan bo‘shatilgan xodimlarga badal puli sifatida berilishi uchun robotlarning egalariga nisbatan soliq joriy etish bo‘yicha loyiha 16-fevral kuni parlament a’zolari tomonidan rad etilgan bo‘lsa-da, mazkur masala qonun chiqaruvchi shaxslar tomonidan hamon muhokama qilinmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)