Biologlar pingvinlar ratsioni 26 xil turli hayvonlardan iborat ekanligini aniqladi. Yirik ko‘lamli tadqiqot natijalari Marine Biology jurnalida chop etildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Tadqiqotchilar jamoasi Antarktida okeanini o‘rab turgan ekotizimni tadqiq etish doirasida 22 yil davomida Byord orolida yashovchi pingvinlarni kuzatdi.
Pingvinlar ratsioniga 26 xil hayvon, jumladan, Antarktida krili, sakkizoyoq, kalmar va baliqlarning 17 xil turi kirishi aniqlandi. Pingvinlar dunyoga keltiradigan bolalari soni ular iste’mol qilgan kril soniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Bu pingvinlar oziqlanishini o‘rganish bilan bog‘liq eng uzoq davom etgan tadqiqotlardan biridir. Tadqiqotchilar krilning tanqisligi pingvinlar populyatsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin deb hisoblamoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)