“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi uchuvchilar tarkibi hamda bort kuzatuvchilar uchun forma dizaynini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Tanlovda libos dizayni yaratish, tayyorlash yoki ishlab chiqarish borasida besh yillik tajribaga ega tashkilotlar, xususan, kichik va o‘rta biznes korxonalari ishtirok etishi mumkin.
“Tanlov taklifi texnik topshiriqqa toʻliq mos kelishi kerak”, — deyiladi tanlov shartlarida.
Tanlov bo‘yicha takliflarni 20-martga qadar yo‘llash lozim. Tanlovda ishtirok etish shartlarining to‘liq ro‘yxati bilan aviakompaniya saytida tanishish mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)