Internet tarmoqlarida avtomashinani yanada tejamli va quvvatliroq qilish yo‘llari to‘g‘risida ko‘plab maslahatlarni uchratish mumkin. Ko‘pincha hamma ishonadigan bunday maslahatlar yolg‘on bo‘lib chiqadi. Bu maqolada biz avtomashinalar to‘g‘risidagi eng ko‘p tarqalgan 5 ta uydirmani to‘pladik.
1.Yo‘ldagi kuzatish kameralarini aldash mumkin
Eng ommabop variantlar: davlat raqami ko‘rinmasligi uchun uni soch laki bilan bo‘yab qo‘yish yoki old tomondagi peshoynasiga lazer diskini o‘rnatish. Ming afsuski, bu usul befoyda.2. “Mukofot” yoqilg‘i avtomashinani quvvatliroq qiladi
Ko‘pgina AYoQShlar avtomashina quvvatini oshirishga yordam beradigan va ekologik xususiyatlarini yaxshilaydigan “o‘zgacha” benzinlarini taklif qiladi. Lekin neftni qayta ishlash zavodlarining bunday benzin ishlab chiqarmasligini ko‘pchilik bilmaydi.3. Ochiq oyna konditsionerdan arzonroq
Konditsioner ishlatilganda 1 soatda 0,5 litr yoqilg‘i sarflanishini ko‘pchilik haydovchilar yaxshi bilsa kerak. Lekin oynasi ochiq mashina 1 soatda 1 litrdan ziyod yoqilg‘i sarflaydi.4. Hamma ishni professionallar qilishi kerak
Ko‘pchilik vazifalarni, masalan shinalarni o‘rnatish, moyni tekshirish va almashtirish ishlarini bemalol mustaqil ravishda bajarish mumkin.5. Qarshiqanot avtomashina aerodinamikasini yaxshilaydi
Aerodinamikaning foydasi kichkina tezliklarda emas balki, 80 km/soat tezlikdan oshgandagina bilinadi.Manba: Novate
Izoh (0)