Nyu-Yorkdagi Christie’s kimoshdi savdo uyida 100 yillik stol lampasi 2,8 million dollarga sotildi. Xaridor noma’lum bo‘lib qolishni afzal topdi, deb xabar bermoqda Luxurylaunches.
Pink Lotus lampasi Tiffany Studios tomonidan 1906-yili yaratilgan bo‘lib, atigi bitta nuxsada ishlab chiqarilgan.
Bronza taglikda turadigan lampa surat soladigan rangli oyna texnikasi bo‘yicha ishlangan va unda 2 mingga yaqin turli rangdagi shishalar ishlatilgan.
Lampaning alohida qismlari misli zar qog‘oz bilan o‘ralgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)