XXR shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom okrugida uch nafar noma’lum shaxs pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 14-fevral, seshanba kuni Pishan uyezdida yuz berdi. Uch nafar jinoyatchi odamlarga hujum qildi. Hujum oqibatida o‘n kishi jabrlandi.Ulardan besh nafari yetkazilgan jarohatlar tufayli halok bo‘ldi, qolganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Politsiya xodimlari bosqinchilarning barchasini otib o‘ldirdi. Huquqni muhofaza qilish organlari hodisa yuzasidan surishtiruvni boshladi.
Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida mustaqil Sharqiy Turkiston davlatini yaratish tarafdorlari bo‘lgan radikallar amal qilib, ularning Pekinga qarshiliklari oqibatida 1990-yildan buyon bir necha yuz kishi halok bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)