O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Rotterdamda davom etayotgan ATP turnirining 1/8 final bosqichiga chipta yutib oldi.
Musobaqadagi ishtirokini britaniyalik Alyaj Bedenega qarshi boshlab, imkoniyatni boy berib qo‘ygan Denis Istominga tashkilotchilar imtiyozli yo‘llanma berib, raqibidan revansh olish imkoniyatini yaratib bergandi. Bundan esa o‘zbekistonlik raketka ustasi foydalanib qoldi.
Dushanba — 13-fevral kuni e’lon qilingan ATP reytingida 76-o‘ringa ko‘tarilgan Istomin takroriy o‘yinda britaniyalik tennischi ustidan 6:3, 7:6 hisoblarida ustun keldi.
Nimchorak finaldagi uning raqibi 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan to‘qnashuvdan keyin aniq bo‘ladi. Bunda bolgarliyalik Grigor Dimitrov germaniyalik Misha Zverevga qarshi kortga tushadi.
Ma’lumot uchun, ehtimoliy raqib Grigor Dimitrov Avstraliya ochiq chempionatida Denis Istominni mag‘lub etib, uni musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Izoh (0)