Denis Istomin ATP reytingida o‘sishda davom etmoqda. Unga mag‘lubiyat uchun revansh olish imkoni berildi

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin ATP reytingida o‘sishda davom etadi. Ikki hafta muqaddam oldin u 80-pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, bir hafta oldin yana uch o‘rin yuqorilagandi.

Foto: ATP

Foto: ATP

Yangi haftada Denis Istomin 76-o‘ringa chiqib olgani e’lon qilindi. Bu uning bitta o‘rin o‘sganini ko‘rsatib turibdi.

O‘zbekiston termasining Devis kubogida muvaffaqiyatli yurishini ta’minlay olgan Istomin Gollandiyaga jo‘nab ketgandi. U Rotterdam shahrida bo‘lib o‘tayotgan turnirning ilk o‘yiniga britaniyalik Alyaj Bedenega imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Musobaqa tashkilotchilari Avstraliya ochiq chempionatida qahramonlik ko‘rsatgan o‘zbekistonlik sportchini imtiyozli yo‘llanma bilan olib qolishga qaror qildi.

Unga ko‘ra, Istomin navbatdagi bosqichga yo‘llanma olishi uchun Alyaj Bedenega qarshi yana bir bor kortga tushadi. Bu esa revansh olishi uchun imkoniyat demakdir.

Bellashuv 13-fevral tunida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing