Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalidan joy olgan Portugaliyaning “Benfika” hamda Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klublari o‘rtasidagi uchrashuv 15-fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi.
Chempionlar ligasi musobaqasini O‘zbekistonda translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan UzReport “PSJ” — “Barselona” o‘yiniga e’tibor qaratgani bois, mazkur uchrashuv mamlakatda olib berilmaydi.
Bu qiziq!
- “Borussiya Dortmund” guruh bosqichida 21 ta gol urib, o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Bunga qadar guruh bosqichida hech bir klubga shuncha gol urish nasib qilmagandi.
- Lissabondagi o‘yinga “Borussiya Dortmund” Madridning “Real” klubidan ustunroq bo‘lgani uchun yetib kelmoqda. “Benfika” esa guruh bosqichida “Napoli”dan keyin ikkinchi bo‘lib qolgandi.
- Har ikki klub so‘nggi bor 1963/64-yilgi mavsumda to‘qnash kelgan bo‘lib, shundan keyin bu klublarning yo‘llari o‘zaro kesishmagan.
- “Benfika” so‘nggi olti turnirning uchtasida chorak finalga yetib kelishi mumkin, agar dortmundliklar dovonidan o‘ta olsa. O‘tgan mavsum bu bosqichda “Benfika” Piterning “Zenit” klubini har ikki o‘yinda ham mag‘lub etgandi.
- “Benfika” pley-offga yo‘llanma olgan 16 klub orasida eng kam ochko to‘plagani bilan ajralib turadi — 8.
- “Benfika” Chempionlar ligasining o‘z maydonida kechgan so‘nggi 10 ta o‘yinidan 2 tasida yengilgan. Shulardan biri joriy mavsum “Napoli”dan uchralgan mag‘lubiyatdir — 1:2.
- 1997-yil Chempionlar ligasida zafar quchgan “Borussiya Dortmund” shu bosqichdan o‘ta olsa, so‘nggi 10 yilda uchinchi bor chorak finalga qadar yetib kelgan jamoaga aylanib oladi.
- Dortmundliklar 2016-yilga qadar Portugaliyada umuman zafar quchmagandi. Shundan keyin ular ikki bor — “Portu”ni 1:0 va “Sporting”ni 2:1 hisobida taslim qila oldi. “Benfika” bu borada uchinchisi bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)