2017-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti, ustoz san’atkor Baxtiyor Ixtiyorov bilan “Baxti kulgan Baxtiyor” deb nomlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda san’atshunoslar, aktyorlar, Baxtiyor Ixtiyorov shogirdlari va yaqinlari bilan birgalikda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari qatnashdi.
Tadbir avvalida B.Ixtiyorov asosiy rollarni ijro etgan “Yor-yor” va “Ajoyib xayolparast” badiiy filmlaridan parchalar namoyish etildi. Tadbirni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ilmiy kotibi Q.Tursunov ochib berdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar X.Sa’diyev, M.Matchonov, S.Rametova, T.Beknazarov, G‘.Xojiyev, O‘zbekiston xalq artisti M.Rajabov va boshqalar so‘zga chiqib, Baxtiyor Ixtiyorovning insoniylik xislatlari, ijodi, o‘zbek teatr va kino san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi haqida gapirdi.
O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov tadbir tashkilotchilariga va ishtirokchilariga, hamkasblari va shogirdlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir qatnashchilari ko‘rsatilgan film parchalaridan, fotosuratlardan olgan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)