Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Afg‘onistonning Juzjon viloyatida Qizil Xochning 6 nafar xodimi IShIDga mansubligi taxmin qilinayotgan jangari hujumi qurboni bo‘ldi. Bu haqda viloyat gubernatori Lutfulloh Aziziy ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: AFP

Foto: AFP

Mansabdor so‘zlariga ko‘ra, Qizil Xoch xodimlari viloyatning tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlariga gumanitar yordam yetkazish bilan shug‘ullangan.

Xalqaro tashkilotning yana ikki nafar xodimi garovga olingan, hozirda politsiya ularni qidirmoqda.

Qizil Xoch Twitter’dagi sahifasida xodimlarining o‘ldirilgani va o‘g‘irlab ketilganini tasdiqladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi