Sloveniya rasmiylari Tramp va Putining birinchi uchrashuviga mezbonlik qilishdan mamnun bo‘lishini bildirdi

Sloveniya rasmiylari Rossiya va AQSh prezidentlarining birinchi uchrashuviga mezbonlik qilishdan mamnun bo‘lishini bildirdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Borut Paxor ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Borut Paxor. Foto: “TASS”

Borut Paxor.
Foto: “TASS”

“Oliy darajadagi uchrashuv uchun joy tanlash Vashington va Moskvaning qaroriga bog‘liq. Biroq ular Sloveniyada ko‘rishishga qaror qilsa, biz bundan faqat xursand bo‘lamiz. Bunday uchrashuv o‘ta muhim va zarur. AQSh Rossiya bilan munosabatlarni ko‘rib chiqish zarurligini tushunib yetmoqda. Bu nafaqat ikki buyuk davlat yetakchilari suhbati, balki butun dunyoga yaxshi tomonga o‘zgarishlar yuz berishi haqidagi signal bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Sloveniya preziyenti. 

Borut Paxor Sloveniyada bu kabi uchrashuv 2001-yili — prezidentlar Jorj Bush va Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tganini eslatdi. 

Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti Donald Trampning turmush o‘rtog‘i Melanya Sloveniyada tug‘ilib-o‘sgan. 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing