Qirg‘izistonning “Dordoy” futbol klubi bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik futbolchi Alisher Azizov OFK kubogidagi ikkinchi golini urdi, deb yozdi “Championat.asia”.
Musobaqaning saralash bosqichi doirasida “Dordoy” Turkmanistonning “Bolqon” klubi mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida zafar quchdi. Hisob 8-daqiqaga kelib Alisher Azizov tomonidan ochildi. Keyinroq uning jamoadoshi ikkinchi golni urib, navbatdagi bosqich masalasini deyarli hal qilib qo‘ydi.
Tomonlarning O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lib, Alisher Azizov “Dordoy”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qilgandi. Endilikda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra uning jamoasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
OFK kubogining guruh bosqichiga chiqish uchun “Dordoy” Tojikistonning “Hosilot” klubi dovonidan o‘tishi kerak bo‘ladi. 21-fevral kuni tojikistonliklar O‘shga tashrif buyursa, javob o‘yini 28-fevral kuni “Hosilot” maydonida bo‘lib o‘tadi.
OFK kubogi O‘tish bosqichi 7-fevral, seshanba
Izoh (0)