MTRKning “Sport” telekanali futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi pley-offidan joy olgan 2 ta bellashuvni jonli efirda namoyish qilishni rejalashtirib qo‘ydi.
Telekanaldagi “Daryo”ga yaqin manbalarning xabar qilishicha, 16:30 dan boshlab O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi o‘rtasidagi o‘yin to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi mumkin. Tailand klubini Shanxayda qabul qiladigan Andre Villash-Boash jamoasi guruh bosqichida ishtirok etishni maqsad qilgan. Katta ehtimol bilan Odil Ahmedov boshlang‘ich tarkibdan joy oladi.
Qarshining “Nasaf” klubi 20:00 dan e’tiboran Saudiya Arabistonining “Al-Fotih” klubiga qarshi o‘yinni boshlaydi. Mazkur bellashuv ham “Sport”da jonli ko‘rsatiladi.
20:15 da start oladigan “Bunyodkor”ning “Al-Jaish”ga qarshi o‘yini katta ehtimol bilan UzHD kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. Keyinroq mazkur bellashuv “Sport”ning o‘zida takroran efirga uzatiladi.
Izoh (0)