KXDR Sariq dengizdagi Kaldo orolida yangi harbiy obyekt barpo etmoqda. Bu haqda 7-fevral, seshanba kuni Janubiy Koreyaning YTN telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Reportajda ta’kidlanishicha, Shimoliy koreyalik harbiylar kuzatish punkti bo‘lishi taxmin qilinayotgan obyektni qurish ishlarini olib bormoqda.
Kaldo 2010-yilda Shimol tomonidan artilleriya hujumiga uchragan Janubiy Koreyaning Yonpxyondo orolidan 4,5 kilometr masofada joylashgan. 2015-yilda Kaldo baravar o‘t ochish reaktiv tizimi uchun pozitsiyalar bilan jihozlangan, joriy yil boshida esa 20 kilometrgacha masofada nishonni mo‘ljalga oluvchi 122-millimetrli artilleriya qurilmalari orolga joylashtirilgan.
2016-yil oxirida Koreya Respublikasi harbiy kuchlari bu harakatlarga javob tariqasida Yonpxyondo va qo‘shni Pennyondo orollariga “Chxonmu” yangi zenit raketa kompleksini joylashtirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)