Eronda Bryussel Ozod universiteti tibbiyot o‘qituvchisi kelib chiqishi eronlik Ahmadrizo Jaloliy o‘lim jazosiga mahkum etildi. Bu haqda RTBF ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Muhim gumanitar vazifani bajarayotgan olim oshkora jarayonsiz o‘lim jazosiga mahkum etilgan. Bu butunjahon gumanitar huquqini qo‘pol buzish bo‘lib, biz bunga qarshi qat’iy javob qaytarishimiz kerak”, — dedi universitet rektori Karolina Pauels.
2016-yilning aprelida Erondagi qarindoshlarinikiga tashrif buyurgan vaqtda hibsga olingan Jaloliy josuslikda ayblanmoqda. Uning hamkasblari so‘zlariga qaraganda, professor siyosatga qiziqmagan, uni hibsga olishga Isroil vakillari bilan kasbiy aloqalari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)