Ispaniyaning “Barselona” va Fransiyaning “Monako” klublari joriy mavsum hisobidan 100 ta gol urib ulgurdi. Kataloniya klubi bu marrani birinchi bo‘lib bosib o‘tdi, oradan bir necha daqiqa o‘tib monakolik futbolchilar ham shunga erishdi.
Bu borada har ikki klubga uik-enddagi 3:0 hisobidagi g‘alaba yordam berdi. La liganing markaziy o‘yinida “Barselona” Bilbaoning “Atletik” klubini yirik hisobda taslim qilgan bo‘lsa, “Monako” Fransiya chempionatining markaziy turida o‘zini quvib kelayotgan “Nitssa” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga erishdi.
Statistika barcha musobaqalarda kiritilgan gollarni inobatga olgan. Faqatgina ichki chempionatlar borasida gap ketganida, “Monako” 68 ta, “Barselona” esa 55 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bunga mamlakat kuboklari, Sepurkubok bellashuvlari va xalqaro maydondagi gollar ham qo‘shib hisoblangan.
Ma’lumot uchun, Madridning “Real” klubi hisobida hozircha 98 ta gol bor. Unutmaslik kerakki, “Qirollik klubi” raqobatchilaridan kamroq o‘yinda maydonga tushgan. Xususan, La liganing o‘zida “Real”da ikkita zaxira o‘yini bor.
Izoh (0)