Angliya
Angliya Premyer-ligasi 24-tur 4-fevral, shanba
“Chelsi” — “Arsenal” (17:30)“Xall Siti” — “Liverpul” (20:00)“Everton” — “Bornmut” (20:00)“Vest Bromvich” — “Stok Siti” (20:00)“Kristal Pelas” — “Sanderlend” (20:00)“Sautgempton” — “Vest Hem” (20:00)“Uotford” — “Byornli” (20:00)“Tottenhem” — “Midlsbro” (22:30)
Tavsiya: “Chelsi” — “Arsenal” — No comment.Ispaniya
Ispaniya La ligasi 21-tur 3-fevral, juma
“Deportivo” — “Betis” (qoldirildi)
4-fevral, shanba“Malaga” — “Espanyol” (17:00)“Barselona” — “Atletik” (20:15)“Atletiko” — “Leganes” (22:30)“Valensiya” — “Eybar” (00:45)
Tavsiya: “Barselona” — “Atletik”. Ispaniya kubogining chorak finalida bu jamoalar qanday raqobat olib borganini hamma ko‘rdi. Bilbao va Kataloniya kabi Ispaniya Qirolligiga bo‘ysunishni ko‘p ham istamaydigan va ozodlik uchun kurashni sportga-da singdirib yuborgan shahar jamoalarining o‘zaro o‘yini bugun ko‘pchilikning e’tiborida bo‘ladi.Germaniya
Germaniya Bundesligasi 19-tur 3-fevral, juma
“Gamburg” — “Bayer” 1:0
Gol: Kiryakos Papadopulos, 76 (1:0).4-fevral, shanba“Bavariya” — “Shalke” (19:30)“Borussiya Myonxengladbax” — “Frayburg” (19:30)“Gerta” — “Ingolshtadt” (19:30)“Kyoln” — “Volfsburg” (19:30)“Xoffenxaym” — “Mayns” (19:30)“Borussiya Dortmund” — “Leypsig” (22:30)
Tavsiya: Germaniyada “Bavariya” bilan chempionlik raqobatida “Borussiya Dortmund”ning bo‘lishiga ko‘pchilik o‘rganib qolgandi. Joriy mavsumda esa liga debyutanti bo‘lishiga qaramay “Leyptsig” Myunxen klubiga shunday raqobat taklif qildi. Dortmundliklar bu jamoadan 11 ochko ortda qolib ketayotgani, tomonlarning ilk o‘yinida imkoniyat boy berilgani (0:1) inobatga olinsa, “Borussiya Dortmund” — “Leyptsig” Bundesligada kunning eng yaxshi o‘yini bo‘ladi.Italiya
Italiya A seriyasi 23-tur 4-fevral, shanba
“Bolonya” — “Napoli” (00:45)
Tavsiya: “Sport” telekanali Italiya A seriyasi o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini sotib oldi. Shundan kelib chiqib, shu kanalga ham bir-bir o‘tib turish mumkin.Fransiya
Fransiya Birinchi divizioni 23-tur 3-fevral, juma
“Mets” — “Marsel” 1:0
Gol: Yan Juffre, 82 (1:0).4-fevral, shanba“Monako” — “Nitssa” (21:00)“Bordo” — “Renn” (00:00)“Gengam” — “Kan” (00:00)“Dijon” — “PSJ” (00:00)“Lill” — “Loryan” (00:00)“Monpelye” — “Bastiya” (00:00)
Tavsiya: Fransiya chempionati o‘yinlarini yarim tunda ko‘rish uchun g‘irt bekorchi bo‘lish kerak (albatta, hazil).